“Barselona” transfer rejalarini o‘zgartirdi
“Barselona” markaziy himoya chizig‘ini zudlik bilan kuchaytirish zarur emas, degan qarorga keldi. Jurnalist Adrian Sanches ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar ayni paytda ushbu pozitsiya yetarlicha to‘ldirilgan deb hisoblamoqda.
Bunga asosiy sabab Andreas Kristensen bilan shartnomaning uzaytirilgani bo‘ldi. Klub Ronald Arauxo va Alvaro Kortesning ketganiga qaramay, amaldagi himoyachilar bilan mavsumni davom ettirish mumkin degan fikrda.
Avvalroq “Barselona” yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida “Tvente”ning 18 yoshli markaziy himoyachisini sotib olishga uringani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda esa bu pozitsiya klub uchun ustuvor transfer yo‘nalishi bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” La Liganing dastlabki 4 turida 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.