locale OZ

«Barselona» «Tottenhem» himoyachisiga ko‘z tikdi

Tomonlar oʻrtasida dastlabki muzokaralar boʻlib oʻtgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Tottenhem» himoyachisiga ko‘z tikdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Tottenhem»ga tegishli va ayni damda «Gamburg»da ijara asosida o‘ynayotgan himoyachi Luka Vushkovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar yosh futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni yozgi transferlar ro‘yxatiga kiritgan. «Barselona» ustozi Hans-Diter Flik Vushkovichning salohiyatini yuqori baholamoqda va tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan.

Shunga qaramay, «Tottenhem» himoyachining imkoniyatlariga ishonch bildirmoqda va kelasi yozdayoq uni o‘z safida ko‘rishni maqsad qilgan.

Luka Vushkovich joriy mavsum klub safida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting