locale OZ

«Barselona» Torres bilan shartnomani uzaytirsa, Manchester Cityga 8 mln yevro to‘laydi

Ferranning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasiga yana bir yil qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Torres bilan shartnomani uzaytirsa, Manchester Cityga 8 mln yevro to‘laydi
ФОТО: Getty images

Barselona hujumchisi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilsa, kataloniyaliklar Manchester Cityga qo‘shimcha ravishda 8 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Marca nashri jurnalisti Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, bunday shart futbolchining 2022 yil yanvar oyida Manchester Citydan Barselonaga o‘tish bitimiga kiritilgan.

Ayni paytda Torresning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasiga yana bir yil qolgan. Biroq klub bir necha oydan buyon uning kelishuvini uzaytirish borasida hech qanday amaliy qadam tashlamagan. Shu bois ispaniyalik hujumchi o‘zini klubning ustuvor rejalariga kirmaydi, deb hisoblamoqda.

Manbaga ko‘ra, Torres yangi shartnoma imzolamasdan ham kelasi mavsumni Barselonada o‘tkazishi mumkin. Biroq PSJning qiziqishi vaziyatni tubdan o‘zgartirishi ehtimoldan xoli emas.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting