locale OZ

«Barselona» sport direktori Jiddada Reshfordning agenti bilan uchrashdi

Kataloniyaliklar angliyalik hujumchini toʻliq sotib olishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» sport direktori Jiddada Reshfordning agenti bilan uchrashdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deko Jidda shahrida hujumchi Markus Rashfordning vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat kataloniyaliklar joriy turne doirasida joylashgan mehmonxonada bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ingliz futbolchisining hozirgi holati yuzasidan fikr almashdi va klubning hamkorlikni davom ettirishga qiziqishi tasdiqlandi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

«Ko‘k-anorranglilar» rahbariyati Rashfordning maydondagi fidoyiligi va mashg‘ulot jarayoniga moslashuvidan mamnun. Futbolchi qisqa vaqt ichida jamoadoshlari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniyaga ko‘chib o‘tgach, hujumchi o‘z hisobiga 9 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati Rashfordni to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Klub «Manchester Yunayted»ga tegishli futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olish huquqidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ichki baholashlarga ko‘ra, ushbu transfer sport va moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting