«Barselona» soʻnggi oʻn mavsumda Chempionlar Ligasida eng koʻp qizil kartochka oldi
«Barselona» himoyachisi Erik Garsiyaning UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvida «Atletiko»ga (2:1) qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi «ko‘k-anorranglilar» uchun musobaqaning so‘nggi 10 ta mavsumidagi 13-chetlatish bo‘ldi.
Jamoalar Madriddagi «Riyad Eyr Metropolitano» stadionida bahs olib borishdi. Uchrashuvda Kleman Tyurpen bosh hakamlik qildi.
Yevropaning hech bir jamoasi so‘nggi 10 mavsum davomida Chempionlar Ligasida bu qadar ko‘p qizil kartochka olmagan.
Kataloniya klubi futbolchilariga ko‘rsatilgan 13 ta qizil kartochkadan 6 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chetlatishdir. Garsiyaning o‘zi uchun esa bu Chempionlar Ligasidagi uchinchi qizil kartochka bo‘ldi. Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar» himoyachilari Pau Kubarsi va Ronald Arauxo ham ikki martadan maydondan chetlatilgan.