locale OZ

«Barselona» soʻnggi 15 yil ichida ketma-ket ikki marta Superkubokni qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandi

11 yanvar kuni kataloniyaliklar «Real»ni magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» soʻnggi 15 yil ichida ketma-ket ikki marta Superkubokni qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi so‘nggi 15 yil ichida ketma-ket ikki marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan ilk jamoa bo‘ldi. Bu haqda Stata Football telegram-kanali xabar bermoqda.

11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» «Real» bilan bahs olib bordi. Uchrashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «King Abdulla Sports City» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinni bosh hakam sifatida Xose Munuera Montero boshqardi. Bellashuv 3:2 hisobida «ko‘k-anorranglilar» foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa, «Barselona» o‘z tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum finalida ham «blaugrana» «Real» ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting