«Barselona» Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Silvaning bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti”ning hujumkor yarimhimoyachisi Bernardu Silva “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 31 yoshli portugaliyalik futbolchini bepul transfer asosida o‘z safiga qo‘shishni maqsad qilgan.
Silvaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishga yaqin, biroq u hozircha yangi bitimni imzolamagan.
Bernardu 2017 yildan buyon “Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Silvaning bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist