locale OZ

«Barselona» Shlotterbek transferi boʻyicha yakuniy qarorga keldi

Avvalroq kataloniyaliklar nemis futbolchisiga qiziqish bildirayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Shlotterbek transferi boʻyicha yakuniy qarorga keldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» rahbariyati Dortmundning «Borussiya» klubidan markaziy himoyachi Niko Shlotterbekni xarid qilish variantini to‘liq rad etdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar nemis futbolchisida ko‘plab foydali sifatlar borligini tan oladi, biroq uning tezligi yetarli emas, shuning uchun u bosh murabbiy Hans-Diter Flikning o‘yini tizimiga moslasha olmaydi.

«Barselona» 26 yoshli himoyachi uchun boshqa klublar bilan yakuniy kurashda qatnashmaydi.

Joriy mavsumda Shlotterbek barcha musobaqalarda 22ta o‘yinda maydonga tushdi, ularda ikki gol urib, yana ikki golli pas berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting