locale OZ

«Barselona» Shesni bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Polshalik kiperning klub bilan bitimi 2027 yil yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Shesni bilan shartnomani bekor qilmoqchi
ФОТО: Getty images

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi rahbariyati klub darvozaboni Voytsex Shesni bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2025 yil yozida shartnomani yangilash jarayonida futbolchiga taxminan 2 million yevro to'lash evaziga uni bekor qilish imkoniyatini kelishib olgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2 million yevro polshalik futbolchining 2027 yil yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasi bo'yicha olishi kerak bo'lgan maoshdan kamroq.

Ma'lumot uchun, polshalik posbon 2024 yil oktyabr oyidan beri “Barselona” safida o'ynab kelmoqda. Shesni joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Shesnining bozor qiymati 900 ming yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting