locale OZ

«Barselona» Seru Girassi uchun kurashga qo‘shildi: «Al Ittihod» asosiy raqib

Saudiyaliklar Girassini jamoani tark etgan Benzema oʻrniga munosib nomzod sifatida koʻrmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Seru Girassi uchun kurashga qo‘shildi: «Al Ittihod» asosiy raqib
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Seru Girassiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» yaqin vaqt ichida 30 yoshli forvard borasida muzokaralarga kirishishga harakat qiladi. Bu haqda Sport.es nashri Alyaum manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, gvineyalik futbolchining transferiga Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubi to‘sqinlik qilishi mumkin. Saudiya jamoasi Girassini klubni tark etgan Karim Benzemaning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, yozda «asalarilar» safini tark etishga tayyor bo‘lgan hujumchiga «Barselona» tomonidan qiziqish bildirilayotgani «Al Ittihod» rahbariyatida xavotir uyg‘otmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Seru Girassi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 6 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining Dortmund klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting