«Barselona» Segundada oʻynayotgan yarimhimoyachiga qiziqish bildirmoqda
Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
Katoloniyaning «Barselona» klubi Ispaniyaning ikkinchi darajali ligasi — Segundada o‘ynayotgan «Deportivo» yarimhimoyachisi Eremay Ernandesni kuzatmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Ernandesning shartnomasida 40 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan bo‘lib, kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
2025/2026 yilgi mavsumda futbolchi 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.
18 turdan so‘ng «Barselona» 46 ochko bilan La Ligada birinchi o‘rinda bormoqda, «Real»dan 4 ochkoga ilgarilab ketgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist