«Barselona» Runi Bardji bilan xayrlashishi mumkin
Barselona vingeri Runi Bardji yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Entoni Gordon va Karim Adeyemini o‘z safiga qo‘shib olgach, bosh murabbiy Xans-Diter Flik 20 yoshli shved futbolchisiga asosiy tarkibda o‘rin bermoqchi emas. Shu bois klub uning ketishi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Bardjiga Germaniya Bundesligasi, Niderlandiya Eredisiyasi, Fransiya Liga 1, Portugaliya Superligasi va Italiya A Seriyasi klublari qiziqish bildirmoqda. Da’vogarlar qatorida Aston Villa, Sanderlend, Everton, Fulhem, Brayton, Lids, Ayaks, Marsel, Portu, Yuventus hamda Dortmundning Borussiya klublari bor.
Xabar qilinishicha, Bardjining o‘zi ijaraga asosida boshqa jamoaga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda va Barselonani butunlay tark etish niyatida emas. Kataloniya klubi esa transfer masalasini 27 iyul kuni Angliyada boshlanadigan yig‘indan oldin hal qilishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Barselona shved iqtidorini bir yil avval 2,5 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.