locale OZ

«Barselona» Romero transferi imkoniyatini o‘rganmoqda

Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Romero transferi imkoniyatini o‘rganmoqda
ФОТО: Getty images

"Barselona" yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va "Tottenhem" markaziy himoyachisi Kristian Romero bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish variantini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, La Liga chempionlari 28 yoshli argentinalik futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Bunga "Tottenhem"ning Angliya Premer-ligasidagi natijalari atrofidagi noaniqlik ham sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar futbolchi uchun belgilangan taxminiy 60 mln yevro miqdoridagi transfer narxini to‘lashga tayyor emas.

Joriy mavsumda Romero barcha musobaqalarda 32 o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting