“Barselona” Rodri uchun yangi taklif yubordi
“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Diario SPORT ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchi uchun “Manchester Siti”ga ikkinchi taklifini yubordi. Yangi taklif miqdori 65 million yevro va yana 5 million yevrolik bonuslardan iborat.
Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar tez sur’atda davom etayotgani aytilmoqda. Har ikki klub ham transfer jarayonini cho‘zishni istamayapti va “Barselona” yaqin vaqt ichida yakuniy kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Avvalroq “Manchester Siti” kataloniyaliklarning Rodri uchun yuborgan dastlabki, taxminan 40 million funtlik taklifini rad etgani xabar qilingandi. Angliya klubi futbolchini 60 million funtdan yuqori qiymatga baholamoqda.
Rodri o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.