«Barselona» Rodri uchun kurashga qo‘shildi
Endi barcha qaror Rodrining o‘ziga bog‘liq.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “shaharliklar” hozircha Rodrining “Real”ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvni yakunlashga shoshilmayapti. Chunki klub bu transfer uchun “Barselona” ham kurashga qo‘shilishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, aynan shu sababli muzokaralar hozircha hal qiluvchi bosqichga yetmagan.
Endi barcha qaror Rodrining o‘ziga bog‘liq. Ispaniyalik yarim himoyachi “Barselona” bilan muzokaralar uchun eshikni ochishni istaydimi yoki avvaldan ustuvor variant sifatida ko‘rib kelgan “Real”ni tanlaydimi — buni futbolchining o‘zi hal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist