locale OZ

“Barselona” Rodri transferi uchun kurashmaydi

Kataloniya klubi rahbariyati 30 yoshli futbolchi faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishiga ishonmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Rodri transferi uchun kurashmaydi
Foto: Getty Images

“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferini amalga oshirishga urinmaydi.

Marca nashriga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati 30 yoshli futbolchi faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishiga ishonmoqda. Shu sababli “Barselona” ispaniyalik yarim himoyachi uchun transfer kurashiga qo‘shilmaslikka qaror qilgan.

Rodrining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq “Real Madrid” uning transferi uchun 65 milliondan 75 million yevrogacha to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Rodri 2024-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa va jahon chempioniga aylangan.

Hozircha “Real Madrid” va “Manchester Siti” o‘rtasida kelishuvga erishilgani rasman tasdiqlanmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting