locale OZ

“Barselona” Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor
Foto: Getty Images

“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining kelajagini diqqat bilan kuzatmoqda. Kataloniya klubi ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona”ning Rodriga qiziqishi Frenki de Yongning jarohati bilan bog‘liq. Agar futbolchining o‘zi Kataloniya klubiga o‘tishga rozilik bildirsa va moliyaviy shartlar imkon bersa, “Barselona” transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Rodri o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting