locale OZ

“Barselona” Rodri transferi bo‘yicha “Manchester Siti” bilan rasmiy muzokaralarni boshladi

Hozircha klublar transfer summasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmagan va muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Rodri transferi bo‘yicha “Manchester Siti” bilan rasmiy muzokaralarni boshladi
Foto: Getty Images

“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandesni transfer qilish bo‘yicha Angliya klubi bilan rasmiy muzokaralarni boshladi.

Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda. Tomonlar ayni paytda transfer shartlari yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda.

“Barselona” Rodri uchun 45 million yevrodan biroz ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor. Biroq “Manchester Siti” yarim himoyachisi uchun bundan yuqoriroq summa talab qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Rodrining o‘zi ham “Barselona”ga o‘tishga rozilik bergan. Ispaniyalik futbolchi “Real Madrid” variantini rad etib, faoliyatini Hansi Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar safida davom ettirishni istamoqda.

Hozircha klublar transfer summasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmagan va muzokaralar davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting