locale OZ

«Barselona» Robert Levandovskiga munosib oʻrinbosar topdi

Polshalik hujumchi mavsum oxirida kataloniyaliklarni tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Robert Levandovskiga oʻrinbosar topdi
FOTO: Getty Images

«Shaxtyor»ning braziliyalik hujumchisi Kauan Elias Yevropaning qator grand klublari eʼtiborini tortdi. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Donetsk klubi 20 yoshli forvardni taxminan 40 million yevroga baholamoqda. Unga «Barselona», «Galatasaroy» va Yevropaning boshqa bir qator jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar Eliasni joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini eʼlon qilgan Robert Levandovskining oʻrniga munosib oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda.

Maʼlumot uchun, 20 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda ukrain klubi safida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting