locale OZ

«Barselona» Reshford oʻrniga ikki nomzodni oʻrganib chiqmoqda

Angliyalik hujumchi yozda «MYU»ga qaytishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Reshford oʻrniga ikki nomzodni oʻrganib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan qanot hujumchisi Markus Reshfordni to‘liq sotib olish borasidagi imkoniyatlariga unchalik ishonmayapti. Shu sababli, «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi «Betis» vingeri Abde Ezzalzuli harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, «Barselona» «Benfika» qanot hujumchisi Andreas Shelderupga ham qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Deku «Monako»da ijarada o‘ynayotgan hujumchi Ansu Fatiga umid bog‘lamayapti. Katta ehtimol bilan, monakoliklar ispaniyalik futbolchining transfer huquqini sotib olishadi. Deku yakuniy qaror qabul qilishdan oldin klubning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilmoqchi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting