«Barselona» Remiroga taklif tayyorlamoqda
Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 14 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
“Barselona” klubi “Real Sosedad” darvozaboni Aleks Remiroga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 30 yoshli darvozabonning o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Sababi klub rahbariyati uni asosiy posbon Joan Garciyaga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Avvalroq klub Remiroga taklif bilan murojaat qilgan. Ammo klub yakunda Garciyani sotib olishga qaror qilgan.
“Barselona” Mark-Andre ter Shteggenni “Jirona”ga ijaraga berish arafasida turibdi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Aleks Remiro Ispaniya La Ligasi doirasida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 14 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist