locale OZ

«Barselona» «Real»ning «Negreyra ishi» bo‘yicha UEFAga yuborgan 500 sahifalik hisobotidan hayratda

Avvalroq Enrike Rikelme bu boʻyicha koʻp bor gapirgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Real»ning «Negreyra ishi» bo‘yicha UEFAga yuborgan 500 sahifalik hisobotidan hayratda
FOTO: Getty Images

«Barselona» rahbariyati Madridning «Real» klubidagi prezidentlik saylovlari kampaniyasi davrida Texnik hakamlar qo‘mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra ismi, xususan, ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelme tomonidan juda ko‘p tilga olinganidan hayratda qolganini yashirmayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Kataloniya klubi «qaymoqranglilar»ning UEFAga taqdim etgan 500 sahifalik hisobotiga shubha bilan qaramoqda. Mazkur hisobotda «Real» ushbu tashkilot tomonidan o‘tkazilmagan musobaqalarda qo‘lga kiritilgan sovrinlardan «ko‘k-anorranglilar»ni mahrum etishni so‘ragan.

«Barselona» rahbariyati Negreyra ishi bo‘yicha sud qarori o‘z foydasiga chiqishiga to‘la ishonmoqda. Shu sababli «blaugrana» Madrid klubining bunday xatti-harakatlarini faqatgina «Barselona» imijiga zarar yetkazishga bo‘lgan urinish sifatida qabul qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Kataloniya klubiga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) faoliyat yuritgan Negreyraga pul to‘lagani uchun pora berish ayblovi qo‘yilgan edi. «Barselona» 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda unga umumiy hisobda qariyb 8,4 million yevro miqdorida mablag‘ o‘tkazib kelganlikda ayblanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting