locale OZ

«Barselona» «Rasing»ning 19 yoshli himoyachisi Xorxe Salinasga qiziqish bildirmoqda

Yosh futbolchi Segundada ajoyib mavsum oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Rasing»ning 19 yoshli himoyachisi Xorxe Salinasga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi «Rasing» jamoasining 19 yoshli markaziy himoyachisi Xorxe Salinas bilan shartnoma imzolash variantini koʻrib chiqmoqda. Mundo Deportivo nashri bergan maʼlumotlarga koʻra, kataloniyaliklar Ispaniya ikkinchi divizioni — Segundada ajoyib mavsumni oʻtkazgan yosh futbolchiga jiddiy qiziqish koʻrsatmoqda.

Yakunlangan mavsumda Salinas 32 ta oʻyinda maydonga tushib, jamoasining La Ligaga yoʻllanma olishiga munosib hissa qoʻshdi. «Barselona» skautlar boʻlimi yosh himoyachining harakatlari boʻyicha ijobiy xulosalar toʻplagan. Biroq mazkur transferning amalga oshishi klubning ichki kadrlar boʻyicha qarorlari va transfer bozoridagi boshqa omillarga bogʻliq boʻladi.

Maʼlumot uchun, Xorxe Salinasning «Rasing» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan boʻlib, uning shartnomasida qariyb 10 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting