locale OZ

«Barselona» Rashford bo‘yicha yakuniy qarorga qachon keladi?

Bu borada Deku o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Rashford bo‘yicha yakuniy qarorga qachon keladi?
ФОТО: Getty images

"Barselona" sport direktori Deku "Manchester United"dan vinger Markus Rashfordni ijaraga olish bo‘yicha kelishuv tafsilotlariga izoh berdi.

“Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz Markus bilan sotib olish imkoniyati bilan oddiy ijara shartnomasini imzoladik. Sotib olish summasi yuqori emas.

Agar biz u bilan doimiy shartnoma imzolamasak, jarima sanksiyalari bo‘lmaydi. U ajoyib o‘ynamoqda, biz juda mamnunmiz. Rashford bo‘yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi," - dedi Deku.

Rashford joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida "Barselona" safiga kelib qo‘shildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting