«Barselona» Rashford borasida bir qarorga keldi
Markus kataloniyaliklar safida 5ta o‘yinda 2ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" ijarada harakat qilayotgan Markus Rashfordni sotib olishga qaror qildi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar qishda hujumkor yarim himoyachini "Manchester Yunayted"dan 23 million yevroga sotib olishni reja qilgan.
Qayd etilishicha, klub mavsum oxirida futbolchini ingliz klubidan 29,9 mln yevro evaziga sotib olishi mumkin edi. Agar transfer yanvarda amalga oshsa, biroz arzonroq qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.
Markus hozirga kelib "Barselona" safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta assist bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist