\"Barselona\" Rashford bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
ФОТО: Getty images
“Barselona” safida ijarada to‘p surayotgan “Manchester United” hujumchisi Markus Rashford kutilmaganda kataloniyaliklar tarkibini tark etishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 27 yoshli ingliz futbolchisining o‘yinidan mamnun emas. Klub uning ijarasini muddatidan avval bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Ispan va Angliya klublarining kelishuviga ko‘ra, shartnomada hujumchini 30 million yevroga to‘liq sotib olish imkoniyati ham mavjud edi.
Rashford La Liganing 3 uchrashuvida maydonga tushdi, biroq birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist