«Barselona» Rafinyaning jarohati tufayli FIFAdan kompensatsiya oladi
Braziliya terma jamoasining Fransiyaga qarshi bahsida (1:2) jarohat olgan Rafinia uchun "Barselona" klubi FIFAdan kafolatlangan kompensatsiya oladi.
Futbolchi Fransiyaga qarshi bahsda o‘ng son orqa mushagidan jarohat olib, taxminan 5 haftaga safdan chiqdi. Uning tiklanishi uchun 28 kundan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. FIFAning klublarni himoya qilish dasturi bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilishi uchun minimal chegara hisoblanadi.
Kompensatsiya to‘lovlari 23 apreldan boshlab hisoblanadi va kuniga 20 548 yevroni tashkil etadi. Agar Rafinia kutilganidek besh hafta ichida (aprel oxirigacha) sog‘ayib qaytsa, "Barselona" kamida 143 836 yevro miqdorida mablag‘ oladi. Tiklanish jarayoni cho‘zilgan taqdirda, har bir qo‘shimcha kun uchun summa ortib boradi.