locale OZ

“Barselona” Rafinyaning Braziliya termasidagi takroriy jarohatlari sababini aniqlamoqchi

Kataloniyaliklar futbolchining so‘nggi olti oy ichidagi uchta jarohati ham terma jamoa yig‘inida va o‘ng sonining bir xil qismida yuz berganiga e’tibor qaratmoqda.
“Barselona” Rafinyaning Braziliya termasidagi takroriy jarohatlari sababini aniqlamoqchi
Foto: Getty Images

“Barselona” rahbariyati Rafinya Dias bilan uning Braziliya terma jamoasidagi takroriy mushak muammolari yuzasidan alohida suhbat o‘tkazmoqchi. Mundo Deportivo jurnalisti Anxel Peres ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchining so‘nggi olti oy ichidagi uchta jarohati ham terma jamoa yig‘inida va o‘ng sonining bir xil qismida yuz berganiga e’tibor qaratmoqda.

Klubning tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘limi Rafinyadan Braziliya termasidagi mashg‘ulotlar, badan qizdirish jarayoni va yuklamalar haqida batafsil ma’lumot olmoqchi. “Barselona” bu jarayonlarda takrorlanayotgan biror holat futbolchining mushak muammolariga sabab bo‘layotgan-bo‘lmayotganini aniqlashni rejalashtirgan.

Rafinya Braziliyaning Avstraliyaga qarshi 4:2 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida o‘ng sonidagi noqulaylik sabab tanaffusda almashtirilgan edi. Keyingi tekshiruvda mushakda kichik shish aniqlangan va ehtiyot chorasi sifatida futbolchi terma jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etib, Barselonaga qaytgan.

Ma’lumot uchun, bu Rafinyaning 2026-yilda Braziliya terma jamoasi safida o‘ng sonining orqa qismida yuzaga kelgan uchinchi muammosi bo‘ldi. “Barselona” endi ushbu holatlar o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlab, kelajakda takroriy jarohatlarning oldini olish choralarini ishlab chiqmoqchi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting