locale OZ

«Barselona» qiziqayotgan Bastoni «Real»ga oʻtishga rozi boʻldi

Kataloniyaliklarva «Inter» futbolchishining narxi toʻgʻri kelmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» qiziqayotgan Bastoni «Real»ga oʻtishga rozi boʻldi
FOTO: Getty Images

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastoni Madridning «Real» klubiga o‘tishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda. Avvalroq, yaqin vaqt ichida Madrid klubini boshqarishi kutilayotgan murabbiy Joze Mourinyo ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Ushbu himoyachiga «Barselona» ham qiziqish ko‘rsatgan edi, biroq kataloniyaliklarni futbolchining 70 million yevrolik narxi to‘xtatib qolmoqda. O‘z navbatida, «qaymoqranglilar» bu summani to‘lashga qodir.

Yakunlangan mavsumda Bastoni barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting