locale OZ

“Barselona” PSJning Ferran Torres bo‘yicha taklifini rad etdi

Parij klubi 26 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro miqdorida kafolatlangan summa taklif qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” PSJning Ferran Torres bo‘yicha taklifini rad etdi
Foto: Getty Images

PSJ “Barselona” hujumchisi Ferran Torresni transfer qilish uchun rasmiy taklif bilan chiqqan. Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi 26 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro miqdorida kafolatlangan summa taklif qilgan. “Barselona” esa ushbu taklifni rad etgan.

Avvalroq taniqli insayder Fabritsio Romano PSJ Torres uchun 50 million yevro taklif qilgani haqida xabar bergan edi. Biroq Mundo Deportivo’ning “Barselona”dagi manbalari bu ma’lumotni inkor etib, parijliklarning haqiqiy taklifi 40 million yevro bo‘lganini ma’lum qilgan.

Kataloniya klubi Ferran Torresni sotishga qarshi emas, biroq futbolchi uchun bundan yuqoriroq summa olishni istamoqda. Shu sabab PSJning hozirgi taklifi klub rahbariyatini qanoatlantirmagan. Muzokaralar davom etishi va fransuz klubi yaxshilangan taklif bilan chiqishi mumkin.

Ferran Torresning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, ispaniyalik hujumchi joriy yilning iyul oyida Jahon chempionati finalida g‘alaba goliga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting