«Barselona» «PSJ» qiziqayotgan himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Barselona» 24 yoshli himoyachi Erik Garsiya bilan shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Uning amaldagi bitimi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi shartnomani joriy yil oxirigacha yakunlashni maqsad qilgan. Taklif etilayotgan bitim 4–5 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Garsiyaning o‘zi ham faoliyatini «Barselona»da davom ettirish istagida.
Himoyachi bilan muzokaralar boshlanganidan so‘ng «PSJ»ning unga bo‘lgan qiziqishi anchaga pasaygan. Biroq agar kataloniyaliklar shartnomani yil yakuniga qadar uzaytira olmasa, parijliklar futbolchini sotib olish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yana faollashtirishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Erik Garsiya 2021 yilning yozida «Barselona» safiga qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzataga mualliflik qilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.