locale OZ

«Barselona» Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda — manba

Portugaliyalik futbolchining «Chelsi» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda — manba
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Chelsi» vingeri Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda. Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar tarkibga markaziy hujumchi, markaziy himoyachi va vinger qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Pedru Netu o‘zining raqib himoyasini yorib o‘tish, yuqori tezlik, vaziyat yaratish va universalizm kabi sifatlari bilan «Barselona» murabbiylar shtabi e’tiborini tortgan. U qanotning istalgan tomonida samarali harakat qila oladi.

Netu joriy mavsumda barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi, Transfermarkt esa uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting