locale OZ

«Barselona» Pedro Fernandesni 10 million yevrodan kamiga qoʻyib yubormoqchi emas

Avvalroq «PSJ» futbolchi uchun 6 million yevro toʻlashga tayyorligi maʼlum boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Pedro Fernandesni 10 million yevrodan kamiga qoʻyib yubormoqchi emas
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachi Pedro Fernandesni 6 million yevroga qo‘yib yuborishni istamayapti. Avvalroq OAVda futbolchi shartnomani bekor qilish uchun aynan shu miqdorni to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq kataloniyaliklar futbolchi transferidan kamida 10 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda va uning erkin agent sifatida emas, balki to‘liq transfer orqali ketishini talab qiladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchining Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tishi deyarli aniq. «Ko‘k-anorranglilar» ushbu kelishuvni Usmon Dembele transferi misolida rasmiylashtirishga umid qilmoqda. O‘shanda ham futbolchi shartnomani bekor qilishga intilgan, natijada Parij klubi hujumchi uchun 50,4 million yevro to‘lagan edi.

Joriy mavsumda ispaniyalik, filippin ildizlariga ega bo‘lgan Pedro Fernandes besh uchrashuvda maydonga tushib, jami 148 daqiqa o‘ynadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting