locale OZ

“Barselona” o‘ziga yangi “Messi” topdi

U UEFA Yoshlar ligasidagi debyut uchrashuvida xet-trik qayd etib, o‘ziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgan.
“Barselona” o‘ziga yangi “Messi” topdi
Foto: Getty Images

“Barselona” “Manchester Yunayted” akademiyasining 15 yoshli futbolchisi JJ Gabrielga qiziqish bildirmoqda. “Kichik Messi” laqabi bilan tanilgan yosh hujumchi yaqinda mankunianliklar safini tark etish istagini bildirgan. Bu haqda talkSPORT jurnalisti Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Gabriel uchun kurashda “Barselona” yolg‘iz emas. Unga “Real Madrid”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi “Manchester Yunayted”dan ro‘yxatdan o‘tkazilgan maqomini bekor qilib, klubni tark etishga ruxsat berishni so‘ragan.

Gabriel Angliyadagi eng istiqbolli yosh futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. U UEFA Yoshlar ligasidagi debyut uchrashuvida xet-trik qayd etib, o‘ziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgan. “Manchester Yunayted” esa iqtidorli futbolchini klubda olib qolishga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, JJ Gabriel 2010-yilda Londonda tug‘ilgan va 11 yoshidan buyon “Manchester Yunayted” akademiyasida shug‘ullanib keladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting