locale OZ

«Barselona» Osimhenni kuzatmoqda

Kataloniyaliklar Osimhenni Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Osimhenni kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

"Galatasaroy"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimhen "Barselona" short-listidan joy oldi. Ushbu ma'lumot Goal Gossip tomonidan e'lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Osimhenni Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, xorij OAVda "ko‘k-anorranglilar" polyak hujumchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Osimhen Turkiya chempionati va Chempionlar ligasida oltita uchrashuvda uchta gol urdi. Ayni paytda Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting