«Barselona» o‘rtoqlik o‘yinida «Tegu»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Photo: Getty Images
"Barselona" klubi Osiyo turnesidagi so‘nggi uchrashuvini Janubiy Koreyada o‘tkazdi.
Uchrashuv Janubiy Koreyadagi "Tegu Bank Park" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda kataloniyaliklar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida "Barselona" yarim himoyachisi Gavi hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, hujumchi Robert Levandovski "ko‘k-anorranglilar"ning ikkinchi golini urdi. 45+2-daqiqada Gavi dublni rasmiylashtirdi. 55-daqiqada hujumchi Toni Fernandes hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. "Tegu" darvozasiga beshinchi golni ingliz futbolchisi Markus Reshford kiritdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
"Tegu" 0:5 "Barselona"
Gollar: Gavi (21, 45+2), Robert Levandovski (27), Toni Fernandes (54), Markus Reshford (65)
Bahrom Bobonov
Redaktor