locale OZ

«Barselona» nima sababdan Ademola Lukman transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq kataloniyaliklar nigeriyalik forvardga ikki bor rad javobini bergandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» nima sababdan Ademola Lukman transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

Nigeriyalik qanot hujumchisi Ademola Lukmanning vakillari futbolchining transferini tashkillashtirish maqsadida ikki bor «Barselona» bilan bog‘lanishgan, biroq «ko‘k-anorranglilar» bu kelishuvni rad etishgan. Yakunda forvard o‘tgan qishki transfer oynasida Madridning «Atletiko» klubiga o‘tdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» mutasaddilari futbolchini diqqat bilan kuzatib borishgan va uning 2023/2024 yilgi Yevropa Ligasi finalida «Bayer» darvozasiga xet-trik qayd etganidan hayratda qolishgan.

Biroq Kataloniya klubidagi moliyaviy qiyinchiliklar sababli transfer amalga oshmagan. Yakunda jamoa Ademola Lukman o‘rniga Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Eslatib o‘tamiz, nigeriyalik futbolchi «Atletiko»dagi debyut o‘yinidayoq gol urishga va samarali uzatmani amalga oshirishga ulgurdi. Ispaniya Kubogi 1/4 finalida Madrid klubi «Betis»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, hujumchining transferi «matraschilar»ga 35+5 million yevroga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting