«Barselona» muxlislari adashib o‘z jamoalari avtobusiga tosh otishdi
La Liganing 35-turi doirasidagi «Real»ga qarshi uchrashuv oldidan «Barselona» muxlislari xatolik sabab o‘z klublari avtobusini toshbo‘ron qilishdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida Kataloniya jamoasi avtobusining oynalaridan biri singan. Shuningdek, biroz vaqt o‘tib «qaymoqranglilar» avtobusiga ham hujum uyushtirilgani qayd etilgan.
Ispaniya chempionatining 34 ta o‘yinidan so‘ng, «Barselona» 88 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» jamoasi esa 77 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, chempionatning o‘tgan turida Hans-Diter Flik shogirdlari «Osasuna»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi madridliklar «Espanyol»dan ustun kelishgan edi (2:0).