locale OZ

Barselona Murilloni kuzatib bormoqda

Shuningdek, Murilloga “Chelsi” va “Real” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona Murilloni kuzatib bormoqda
ФОТО: Getty images

“Nottingem Forest” markaziy himoyachisi Murillo “Barselona”ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xoaqim Pera ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 23 yoshli braziliyalikni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Klub Murillo qobiliyatlarini yuqori baholaydi va uni Hansi Flickning tizimi uchun juda mos deb hisoblaydi.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda Murillo “o'rmonchilar” safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 55 million yevro.

Shuningdek, Murilloga “Chelsi” va “Real” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting