locale OZ

“Barselona” Mikautadze transferidan 70 million yevrolik talab sabab voz kechdi

Mikautadze “Vilyarreal”ga o‘tgan yozda “Lion”dan 31 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan.
“Barselona” Mikautadze transferidan 70 million yevrolik talab sabab voz kechdi
Foto: Getty Images

“Barselona” “Vilyarreal” hujumchisi Jorj Mikautadzeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi 25 yoshli gruziyalik futbolchi bo‘yicha “Vilyarreal”ga murojaat qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, “Vilyarreal” hujumchi uchun 70 million yevro talab qilgan. “Barselona” bu summani juda yuqori deb hisoblab, transferni amalga oshirish fikridan qaytgan.

Mikautadze “Vilyarreal”ga o‘tgan yozda “Lion”dan 31 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. U Ispaniya klubi safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Mikautadzening “Vilyarreal” bilan shartnomasi 2031-yilgacha amal qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 15-avgustdan futbolchining tovon puli 60 milliondan 78 million yevroga oshgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting