locale OZ

“Barselona” Messi bilan xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng unga murojaat qildi

Kataloniya klubi sobiq futbolchisini milliy jamoadagi tarixiy faoliyati bilan tabrikladi.
“Barselona” Messi bilan xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng unga murojaat qildi
Foto: Getty Images

“Barselona” klubi Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi. Kataloniya klubi sobiq futbolchisini milliy jamoadagi tarixiy faoliyati bilan tabrikladi. Bu haqda “Barselona” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub Messi bilan bog‘liq esda qolarli lahzalarni eslab, uning Pekin Olimpiadasidagi oltin medalidan tortib Argentina bilan erishgan boshqa yutuqlarigacha bo‘lgan yo‘lini alohida ta’kidladi. “Barselona” Messining Argentina futbolidagi merosi abadiy qolishini qayd etdi.

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi uchrashuvini Benin qarshi o‘tkazdi. Argentina 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda 39 yoshli futbolchi bir gol urdi. U terma jamoadagi faoliyatini 208 ta uchrashuv va 126 ta gol bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi “Barselona” safida 778 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 672 ta gol urgan va klub bilan 35 ta sovrin qo‘lga kiritgan. U klub tarixida eng ko‘p gol urgan, eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting