locale OZ

«Barselona» Martinezga qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Barselona» Martinezga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

"Inter" hujumchisi Lautaro Martinez faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashrining xabariga ko'ra, futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bunga sabab, klubning polyak hujumchisi Robert Levandovskiyning shartnomasi 2026-yil yozida yakuniga yetadi. "Barselona" futbolchi bilan yangi bitim imzolamoqchi emas. Chunki klub rahbariyati Robertning samaradorligi pasaygan deb hisoblamoqda. Shu sababli, ular u bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Lautaro Martinez joriy mavsum "Inter" safida jami 19 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 11 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo'ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting