locale OZ

«Barselona» Markus Reshfordning ijarasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi

Rejaga koʻra, angliyalik forvard 2027 yilda kataloniyaliklar bilan toʻlaqonli shartnoma imzolaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Markus Reshfordning ijarasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi kelayotgan yozda 26 million funt sterling (30 million yevro) miqdoridagi to‘liq mablag‘ni to‘lamaslik uchun «Manchester Yunayted»dan hujumchi Markus Reshfordning ijarasini yana bir mavsumga uzaytirishni so‘raydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati mankunianliklar ijarani uzaytirish shartiga rozilik berishiga ishonmoqda, biroq bu kelishuvda futbolchini sotib olish majburiyati ko‘zda tutiladi. Bunda «Barselona» belgilangan 30 million yevroning bir qismini joriy mavsum yakunida to‘lab beradi. Rejaga ko‘ra, Reshford 2027 yilda «blaugrana» bilan to‘laqonli shartnoma imzolaydi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 13 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting