locale OZ

“Barselona” markaziy himoyachi sotib oladimi? Flik javob berdi

Avvalroq “Barselona” Flikning xohishiga ko‘ra “RB Leyptsig” himoyachisi Kastello Lukebani tarkibga qo‘shishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” markaziy himoyachi sotib oladimi? Flik javob berdi
Foto: Getty Images

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub joriy transfer oynasida markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Nemis mutaxassisi bu borada klub rahbariyatiga hech qanday talab qo‘ymaganini aytdi.

Flikning ta’kidlashicha, “Barselona”ning himoya chizig‘idagi vaziyat hozircha yaxshi. Murabbiy Erik Garsiya, Jyul Kunde, Jerar Martin, Andreas Kristensen va Pau Kubarsini alohida qayd etib, ularning imkoniyatlaridan qoniqayotganini bildirdi.

Avvalroq “Barselona” Flikning xohishiga ko‘ra “RB Leyptsig” himoyachisi Kastello Lukebani tarkibga qo‘shishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq murabbiyning so‘nggi bayonotidan kelib chiqib, kataloniyaliklar uchun markaziy himoyachi transferi hozircha ustuvor vazifa emas.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Ispaniya chempionatining yangi mavsumini “Elche” ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting