locale OZ

“Barselona” Mark Bernalni 500 mln yevrolik band bilan saqlab qoladi

Tomonlar asosiy shartlar bo‘yicha kelishib olgan, bitimni rasmiylashtirish uchun faqat yakuniy hujjatlar qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Mark Bernalni 500 mln yevrolik band bilan saqlab qoladi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Bernal klub bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi. Yangi kelishuvda futbolchining tovon puli 500 mln yevro miqdorida saqlab qolinadi. Tomonlar asosiy shartlar bo‘yicha kelishib olgan, bitimni rasmiylashtirish uchun faqat yakuniy hujjatlar qolgan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Bernalning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, yangi kelishuv uning “Barselona”dagi faoliyatini yana ikki yilga uzaytiradi. Klub 19 yoshli futbolchining salohiyatiga yuqori baho bermoqda va 500 mln yevrolik tovon pulini yanada oshirishga zarurat ko‘rmagan.

“La Masiya” tarbiyalanuvchisi og‘ir tizza jarohatidan tiklanganidan so‘ng asosiy jamoada yana o‘z o‘rnini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Joriy mavsumda yarim himoyaga Rodri kelib qo‘shilganiga qaramay, Bernal Hansi Flik rejalaridagi istiqbolli futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda. U sentyabrdagi xalqaro tanaffus uchun Ispaniya U-21 terma jamoasiga ham chaqirilgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Bernal bilan 2025-yil sentyabrida 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan va o‘shanda ham uning tovon pulini 500 mln yevro etib belgilagan edi. Futbolchi 2024-yil avgustida tizzasidan jiddiy jarohat olib, uzoq muddat maydondan tashqarida qolgan. U 2025-yil sentyabrida safga qaytgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting