locale OZ

«Barselona» Luka Vushkovichni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda

19 yoshli himoyachining transferi kataloniyaliklarga 40 million yevroga tushishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Luka Vushkovichni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» «Gamburg» jamoasiga tegishli bo‘lgan va ayni damda «Tottenhem» tarkibida ijara asosida harakat qilayotgan 19 yoshli markaziy himoyachi Luka Vushkovichni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Sport.es nashrining xabar berishicha, futbolchining agenti Pini Zaxavi va «Barselona» prezidenti Joan Laporta o‘rtasidagi yaqin aloqalar ushbu transfer jarayonida muhim omil sifatida ko‘rilmoqda.

«Gamburg» klubi o‘z himoyachisi uchun kamida 40 million yevro miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Shunga qaramay, «Tottenhem» rahbariyati ham xorvatiyalik iqtidorli futbolchini London klubida saqlab qolish niyatida ekanligini bildirgan.

Mutaxassislarning fikricha, Vushkovichning texnik va taktik imkoniyatlari «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning o‘yin falsafasiga to‘liq mos keladi.

Joriy mavsumda Luka Vushkovich barcha turnirlar doirasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining «Gamburg» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting