locale OZ

«Barselona» Livakoviç bilan kelishuvga erishdi

Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Livakoviç bilan kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" klubi "Fenerbaxche" darvozaboni Dominik Livakoviç bilan hamkorlik shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, kataloniyaliklar 31 yoshli darvozabon bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Livakoviç 2026/27 yilgi mavsumni ijarada boshqa jamoada o'tkazadi. "Barselona" esa uni keyingi yildan o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Transferning umumiy qiymati 4 million yevroni tashkil etadi. Uning €2 millioni kafolatlangan to'lov, yana 2 million yevro bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

"Barselona" Livakoviçni uzoq muddatli reja asosida qo'lga kiritmoqda. Livakoviç o'tgan mavsumda ijarada "Jirona" va Zagrebning "Dinamo" klublarida harakat qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting