«Barselona» Levandovski bilan shartnomani uzaytirmoqchi — manba
«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta tashabbusi bilan hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, gap futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasini 2027 yilning yoziga qadar uzaytirish haqida bormoqda. Ta’kidlanishicha, polshalik forvardning maoshi biroz kamayadi, biroq hozircha aniq raqamlar haqida ma’lumot berilmagan. Tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida bir qarorga kelishlari kutilmoqda.
Joriy mavsumda Robert Levandovski «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 17 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.