«Barselona» La Ligadagi soʻnggi yettita oʻyinning beshtasida gol oʻtkazib yubormasdan gʻalaba qozondi
Kataloniyaliklar 23-turda «Malyorka»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» Ispaniya La Ligasidagi so‘nggi yetti uchrashuvining beshtasini «quruq» g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
Navbatdagi shunday natija 23-tur doirasida qayd etildi — «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonlarida «Malyorka»ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Bunga qadar Hans-Diter Flik shogirdlari «Osasuna» (2:0), «Vilyarreal» (2:0), «Espanyol» (2:0) va «Oviedo» (3:0) jamoalariga qarshi bahslarda ham o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishmagan edi.
Ispaniya chempionatining 23 ta turidan so‘ng «Barselona» 58 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Malyorka» esa 24 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist