locale OZ

«Barselona» Krupining xizmatiga qiziqish bildirmoqda

Krupi bu mavsumda Premyer-liganing 30 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Krupining xizmatiga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

Ispaniyaning "Barselona" klubi 19 yoshli fransiyalik hujumchi Eli Krupi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “ko‘k-anorranglilar” skautlari forvardni u hali Fransiyaning “Loryan” klubi safida to‘p surgan vaqtlaridanoq kuzatib kelishgan. Hujumchi joriy mavsumni Angliyaning "Bornmut" klubida o'tkazmoqda.

"Barselona"dan tashqari, o'yinchiga "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari ham da'vogarlik qilmoqda. Krupi bu mavsumda Premyer-liganing 30 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting